Kitobxonlikni targ‘ib etishda “Zakovat”ning o‘rni

Jarayon Kitobxonlikni targ‘ib etishda “Zakovat”ning o‘rni
44



Kuni kecha 292-maktabda kitobxonlikni targ‘ib etish va o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinining sektor bosqichi o‘tkazildi.


Tadbir 336-maktabning oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Komila Pardayeva tashabbusi bilan tashkil etildi. Bellashuvda 292- va 336-maktablarning 5–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, o‘zbek va jahon adabiyoti hamda umumiy bilimlarga oid savollarda bilim va mantiqiy tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar.




Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 336-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 292-maktabning 8-“A” sinf jamoasi, 3-o‘rinni esa 292-maktabning 11-“V” sinf jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




Bunday intellektual bellashuvlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni oshirish hamda mustaqil fikrlaydigan, bilimli avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Komila PARDAYEVA,

Yangihayot tumanidagi 336-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi 

Maqola muallifi

O‘qituvchi

O‘qituvchi

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish