Matbuot – jamiyat ko‘zgusi

Jarayon Matbuot – jamiyat ko‘zgusi
160

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Matbuot – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.



Jarayonda so‘z olganlar matbuotning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy ongni shakllantirishdagi ta’siri, davlat va xalq o‘rtasida ishonch ko‘prigini mustahkamlashdagi beqiyos rolini alohida ta’kidladi. Jumladan, akademiya rektori Muzaffar Komilov shunday dedi:


 – Matbuot – bu hayot oynasi, haqiqat nidosi, xalqning og‘zi va qulog‘idir. Ayniqsa, zamonaviy axborot oqimlari davrida ommaviy axborot vositalarining ahamiyati yanada oshmoqda. Bugun OAV nafaqat yangilik yetkazuvchi manba, balki yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy qalqon hamdir.




Tadbir davomida ishtirokchilar matbuotning yosh avlod qalbida vatanparvarlik, fuqarolik masuliyati va ijtimoiy faollik ruhini tarbiyalashdagi orni yuzasidan fikr almashdilar.




Shuningdek, Ozbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rahbariyati tomonidan yoshlarni yot goyalar tasiridan himoya qilishdagi samarali faoliyati, ommaviy axborot vositalari orqali ijtimoiy barqarorlikni taminlashdagi munosib hissasi uchun bir guruh soha vakillari tashakkurnoma hamda esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Gazeta
  • #Zamon va makon
  • #E'tirof
  • #Vatan tuyg‘usi

Ulashish