Oltin yerdan, bilim kitoblardan qazib olinadi
Bugun Chilonzor tumanidagi 281-maktabda kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha muhim qadam tashlandi. Maktabda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Kitob aql qal’asi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir maktab o‘qituvchisi Fotima Karimova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Bolajonlar sahna ko‘rinishlari, raqs va o‘zlari yod olgan she’rlar ila tadbirni qiziqarli hamda yuqori kayfiyatda o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Shuningdek o‘zbek bolalar shoiri Dilshod Rajabovning ishtirok shu kabi tadbirlar yosh avlodning ma’naviy kamol topishiga xizmat qilishini ta’kidlab, o‘quvchilardagi kitobga bo‘lgan qiziqish va mehrdan mamnun ekanini, ota-onalarni farzand tarbiyasiga yanada mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.
Kitob yoshlikdan o‘qilsa, insonda mustahkam tafakkur shakllanadi. Kelajakda bilimdon, ma’rifatli va madaniyatli inson bo‘lib yetshishga katta yordam beradi. Shunday ekan, kitobning hayotimizdagi o‘rnini to‘g‘ri anglab, uni do‘st sifatida ko‘rishimiz lozim.
To‘raboyev Ismoil,
O‘zDJTU talabasi
Shu kecha va kunduzda
ADOLATNING TANTANASI
ADOLATNING TANTANASI
AKADEMIYA BITIRUVCHILARIGA DIPLOM VA “LEYTENANT” HARBIY UNVONI TANTANALI TOPSHIRILDI
Bahor fasli g‘oliblari
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank