O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar soni 17,3 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ta’lim olish maqsadida kelgan chet elliklar soni 9,5 ming nafarga yetdi. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 ming nafarga yoki 17,3 foizga ko‘pdir.
Talabalar sonining o‘sishi sabablari:
– Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlikning kengayishi bilan izohlanmoqda. O‘zbekistonning ta’lim tizimi jahon miqyosida talabgorlikni oshirib, ko‘plab xorijlik talabalarni o‘ziga jalb qilmoqda.
Eng ko‘p talabalar qaysi davlatlardan kelgan?
– Hindiston — 2 780 nafar talabalar bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
– Turkmaniston — 2 622 nafar talabalar bilan ikkinchi o‘rinda.
– Tojikiston — 1 145 nafar talabalar bilan uchinchi o‘rinda.
📊 TOP – 10
– Xitoy – 459 nafar;
– Janubiy Koreya — 381 nafar;
– Pokiston — 348 nafar;
– Qirg‘iziston — 263 nafar;
– AQSH — 232 nafar;
– Afg‘oniston — 167 nafar;
– Turkiya — 161 nafar.
🌍 Boshqa davlatlardan:
– Turli boshqa davlatlardan 988 nafar talabalar O‘zbekistonda ta’lim olishni tanlagan.
Shu kecha va kunduzda
“Tabiat bolalar nigohida”
Sun’iy intellekt tufayli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish ehtimolini kamida 95% – Neyt Soares
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar soni 17,3 foizga oshdi
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bog‘cha uchun oyiga 618 ming so‘mdan beriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank