3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bog‘cha uchun oyiga 618 ming so‘mdan beriladi

Jarayon 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bog‘cha uchun oyiga 618 ming so‘mdan beriladi
49


2024-yil 2-avgustdan boshlab O‘zbekistonda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota-onalarga farzandlarini bog‘chaga yuborishda oyiga 618 000 so‘mgacha moddiy yordam beriladi.

Bu tartib Prezidentning 2024-yil 14-noyabrdagi farmoniga asosan, hukumat qarori bilan tasdiqlandi.


Moddiy yordamni kimlar oladi va qancha miqdorda?

— Moddiy yordam kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy ishli yolg‘iz ota-onalarga beriladi

— Har bir bola uchun: oyiga 1,5 baravar BHMgacha (hozirda bu — 618 000 so‘m)

— Egizaklar bo‘lsa — har biri uchun alohida yordam belgilanadi

— Yordam bola 3 yoshga to‘lgunga qadar beriladi

— Mablag‘lar ijtimoiy karta yoki Xalq banki kartasiga tushiriladi


Bank kartasini ochish uchun to‘lov undirilmaydi


 Ariza topshirish: 2025-yil 1-sentabrdan

Yangi tizim orqali ariza topshirish yo‘llari:

my.gov.uz portali;

— “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi;

— INSON markazlari, DXMlar, yoki ijtimoiy xodimlar orqali.


 Moddiy yordam inson omilisiz avtomatik hisoblanadi va to‘lanadi. Buning uchun Milliy agentlik tomonidan maxsus elektron reyestrlar shakllantiriladi.


❌ Qachon yordam to‘xtatiladi?

Quyidagi holatlarda moddiy yordam to‘xtatiladi:

— Bola 3 yoshga to‘lsa;

— Oila kambag‘allar reyestridan chiqarilsa;

— Bola doimiy yashash uchun chet elga ketsa;

— Bola vafot etsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilsa;

— Bola bog‘cha ro‘yxatidan chiqarilsa;

— Bola to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilsa.


Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Munosabat

Ulashish