3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bog‘cha uchun oyiga 618 ming so‘mdan beriladi

2024-yil 2-avgustdan boshlab O‘zbekistonda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota-onalarga farzandlarini bog‘chaga yuborishda oyiga 618 000 so‘mgacha moddiy yordam beriladi.
Bu tartib Prezidentning 2024-yil 14-noyabrdagi farmoniga asosan, hukumat qarori bilan tasdiqlandi.
Moddiy yordamni kimlar oladi va qancha miqdorda?
— Moddiy yordam kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy ishli yolg‘iz ota-onalarga beriladi
— Har bir bola uchun: oyiga 1,5 baravar BHMgacha (hozirda bu — 618 000 so‘m)
— Egizaklar bo‘lsa — har biri uchun alohida yordam belgilanadi
— Yordam bola 3 yoshga to‘lgunga qadar beriladi
— Mablag‘lar ijtimoiy karta yoki Xalq banki kartasiga tushiriladi
Bank kartasini ochish uchun to‘lov undirilmaydi
Ariza topshirish: 2025-yil 1-sentabrdan
Yangi tizim orqali ariza topshirish yo‘llari:
— my.gov.uz portali;
— “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi;
— INSON markazlari, DXMlar, yoki ijtimoiy xodimlar orqali.
Moddiy yordam inson omilisiz avtomatik hisoblanadi va to‘lanadi. Buning uchun Milliy agentlik tomonidan maxsus elektron reyestrlar shakllantiriladi.
❌ Qachon yordam to‘xtatiladi?
Quyidagi holatlarda moddiy yordam to‘xtatiladi:
— Bola 3 yoshga to‘lsa;
— Oila kambag‘allar reyestridan chiqarilsa;
— Bola doimiy yashash uchun chet elga ketsa;
— Bola vafot etsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilsa;
— Bola bog‘cha ro‘yxatidan chiqarilsa;
— Bola to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilsa.
Shu kecha va kunduzda
“Tabiat bolalar nigohida”
Sun’iy intellekt tufayli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish ehtimolini kamida 95% – Neyt Soares
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar soni 17,3 foizga oshdi
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bog‘cha uchun oyiga 618 ming so‘mdan beriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank