“Prezident iqtidorli farzandlari” istiqbollari

Jarayon “Prezident iqtidorli farzandlari” istiqbollari
66



Milliy dasturning ilk bosqichi ‒ joriy yil respublika bo‘ylab o‘tkazilgan tanlovda 1500 nafar 9-sinf bitiruvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, saralab olindi. Bugun ular orasidan eng yuqori ball to‘plagan yoshlar Bo‘stonliqda joylashgan “Renessans” bolalar oromgohida o‘quv mashg‘ulotlarini boshlangan. 


Milliy dastur davomida o‘quvchilar buxgalteriya hisobi, biznes asoslari va zamonaviy yondashuv (Global Perspectives) fanlarini o‘rganishadi. Darslar 45 daqiqalik bo‘lib, ularni 4 nafar xorijiy va 6 nafar mahalliy mutaxassis olib boradi. Umumiy o‘quv jarayoni 30 soatni tashkil etadi. Tanlangan fanlar yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish va o‘z fikrini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Shuningdek ushbu fanlar Milliy dastur ishtirokchilarining shahodatnomalariga kiritilishi belgilangan. 




Ma’lumot o‘nida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishni maqsad qilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshirilmoqda.




Shu bilan bir qatorda turli xil viloyatdan kelgan o‘quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ularning hech bir kuni bekor o‘tmaydi. Turli xil sport mashg‘ulotlari: shaxmat, voleybol, futbol, basketbol va bundan tashqari har xil qiziqarli o‘yinlar ularning kunini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.



Maqola muallifi

Feruza Jo‘rayeva

Feruza Jo‘rayeva

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish