Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ayol to‘rt farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ayol to‘rt farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Keltirilishicha, mamlakatning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Saxa respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur oila Neryungri shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygani uchun turli muammolarga duch kelgan. Diplomatik vakolatxona xodimlari ushbu oila bilan uchrashib, pasportini yo‘qotgan bolalarning onasiga O‘zbekistonga qaytish uchun bepul guvohnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, ayol va uning bolalarining mamlakatga kelishi uchun aviachipta sotib olindi. Ular bugun O‘zbekistonga uchib ketdi.
2024-yil avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi.
O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan va hujjatlarini yo‘qotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgandi.
2025-yilning fevral oyi oxirida Rossiyada ikki bolasi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.
Shu kecha va kunduzda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi ommaviy reyd boshlandi
Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi
20 yoshli oʻsmirning ichaklaridan 5 dona toʻgʻnogʻich va 6 dona mix olib tashlandi