Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim

O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yilligi munosabati bilan Olmazor tumanidagi 111-maktabda “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” nomli sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi Kengashi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, xodimlarning jismoniy faolligi darajasini oshirishdan iborat.
Shunday qilib, Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining birinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi Kengashining esdalik sovg‘a va diplomlari bilan taqdirlanishdi.
Shu kecha va kunduzda
Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim
RAQAMLI AVLOD QIZLARI—2025
O‘ZBEK TILI TARIXI QANCHALIK YORITILGAN?
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank