JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV

2025-yilning 24-aprel kuni Jizzax viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat bo‘limi va bir qator ish beruvchilar tashkilotlar bilan hamkorlikda Jizzax Davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda talabalarga universitetda yaratilgan o‘quv sharoitlari bilan ish beruvchilar tanishtirdi.
Uchrashuv davomida, ayniqsa Fizika va astronomiya yo‘nalishi bitiruvchilari va talabalariga mo‘ljallangan o‘quv laboratoriyalari, hamda Mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalariga o‘qish jarayonida foydalaniladigan zamonaviy texnik vositalar va uskunalar ish beruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu laboratoriyalar va uskunalar, talabalar uchun nafaqat o‘quv jarayonini samarali o‘tishni ta’minlash, balki ularning kelajakdagi ish faoliyatiga tayyorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, talabalar tomonidan o‘z qo‘llari bilan ishlab chiqilgan va hozirda sotuvga chiqarilgan yog‘och o‘yma mahsulotlari, zamonaviy dizayndagi stol, stul, krovatlar va choyshablar ish beruvchilar tomonidan yuqori baholandi. Bu mahsulotlar, talabalar tomonidan o‘rganilgan kasbiy ko‘nikmalarni amalda qo‘llash va ishga tayyorlikni namoyish etish imkoniyatini yaratdi.
Ushbu tadbir, bitiruvchilarning kasbiy faoliyatlariga tayyorligini namoyish qilish va ularning kelajakdagi ish faoliyatini qo‘shimcha rag‘batlantirish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qildi. Tadbir davomida talabalar, ish beruvchilar va universitetning o‘quv va ishlab chiqarish imkoniyatlarini bir-biriga yaqindan tanishtirish orqali, kelajakda mehnat bozorida muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam beradi.
Shu kecha va kunduzda
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
FVV AKADEMIYASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
Ustoz, sizni quchoqlasam maylimi?
Vazir ustamasi: barcha o‘qituvchilar uchun
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank