YO‘L haqida

So‘z ko‘rki YO‘L haqida
39

YO‘L haqida


2019:

"Shu edi men tanlagan manzil -

Yonish, kuyish, kurash, hayajon.

Endi ortga qaytib bo‘lmaydi

Qaytishga yo‘l yo‘qdir, ayajon".


2020:

Bu shaharning devorlari mo'l,

Bu dunyoning yo'llari dovli.

Uch tomonga boshlab ketar yo'l

Men, Suhrob va ko'ngil uchchovni.


Ko'zlarimni yumdim... va xayr,

Endi uzun bir she'r aytaman.

Birlashmasa agar bu yo'llar,

Men o'zimga qanday qaytaman?!


2021:

Yo‘l sotaman,  olinglar, 

Gul sotaman,  olinglar, 

Yashalmagan umrimdan

Yil sotaman,  olinglar. 


2024:

To yo‘lda ekansan, 

tugamas huzun, 

Umr — to‘rt misra she'r o‘qishlik bir zum, 

Haqqa eltadigan yo‘l kabi uzun

Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.


2025:

Qarang, odamlikdan bormi nishonam,

Shuncha yo‘l ichinda hanuz beshonman,

Yag‘ir bo‘lib ketsin tizzam, peshonam – 

Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim!


Suhrob Ziyo


Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish