1 milliard ko‘z yosh
JSST(Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) ma’lumotlariga ko‘ra har yili 1 milliard bola zo‘ravonlik qurboni bo‘ladi.
Bu albatta yomon statistika. Har bir ota-ona farzandini dunyoda keltirar ekan uni kelajakda yaxshi inson bo‘lishi va qariganda ularga suyanchiq madad bo‘lishini istaydi. Lekin dunyoning turli mamlakatlarida ahvol, qonun, jamiyat va siyosat har xil. Qaysidir mamlakatda bola tug‘ilishi xursandchilik bilan nishonlansa, dunyoning qaysidir burchagida masalan afrika qit’asida bola tug‘ilishi esa eng ayanchli ish va omadsizlik deb hisoblanadi. Deyarli hamma mamlakatda bolalarni asraydigan va ularning xavfsizligini saqlaydigan tashkilotlar bor, lekin bu statistika yildan yilga oshib ketmoqda. Biz o‘zbeklar pul, mol dunyoni orqasidan quvib yoki mashina uy joy olay deb umr vaqt o‘tganini bilmay qolamz, lekin eng asosiy narsa farzand tarbiyasi ekanini unutib qo‘yamiz. Ko‘pchilik boy oilalar farzandiga yaxshi smartfon, qimmat mashina, yaxshi uy olib berishi mumkin, ammo bolaga hech qayerda sotib olinmaydigan narsa mehr-e’tibor kerak. Bu dunyoga kelgan har bir bolaning bolaligini baxtli o‘tkazishiga avaylanib asrashiga haqqi bor.
Azamat JUMAYEV,
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
Shu kecha va kunduzda
Muvozanat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
Ayblashdan oldin eshiting!
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank