ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI START OLDI

Jarayon ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO KIMYO OLIMPIADASI START OLDI
136

Toshkent shahridagi Osiyo universitetida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro Kimyo olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 13 ta mamlakatidan jami 115 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. 


Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan musobaqaning asosiy maqsadi buyuk olim Abu Rayhon Beruniy bobomizning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib qilish, kimyoni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchilarni chet eldagi tengdoshlari bilan do‘stona bilim bellashishga imkoniyat yaratishdan iborat. 


Olimpiada ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:


Birinchi bosqich – yozma 5 ta topshiriqni o‘z ichiga olib, 5 soat davom etadi va har biriga 10 balldan jami 50 ball beriladi. 

Ikkinchi bosqich esa – amaliy ish shaklida o‘tkazilib, 1 ta topshiriq uchun 2,5 soat vaqt ajratilib, maksimal 30 ball bilan baholanadi. 


Olimpiada ishtirokchilarini baholashda Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Belarusiya va Buyuk Britaniya kabi xorijiy mamlakatlardan ekspert mutaxassislar hakam sifatida  tashrif buyurishadi.

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish