“Bayrog‘imiz – faxrimiz!”

Jarayon “Bayrog‘imiz – faxrimiz!”
42

Joriy yilning 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabalari tomonidan “Bayrog‘imiz – faxrimiz!” nomli tadbir o‘tkazilib, rus tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Maxliyo Zaynutdinova tomonidan tashkil etildi.


Dasturda bayroq ramzi va tarixiga oid ma’ruzalar, rus va o‘zbek tillaridagi she’rlar, milliy raqslar, viktorina hamda ijodiy topshiriqlar o‘rin oldi. Ayniqsa, talabalar tomonidan tayyorlangan “bayroqlar olamiga sayohat” sahna ko‘rinishi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir “O‘lkam” qo‘shig‘i sadolari ostida davlat bayroqlarini ko‘targan talabalar chiqishi bilan yakunlandi.


Ushbu bayram Vatanimizning davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat, ijodkorlik va yuksak vatanparvarlikning yorqin ifodasiga aylandi!

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish