Mangu hilpirayver, bayrog‘im!

Jarayon Mangu hilpirayver, bayrog‘im!
25

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun


Davlatimiz bayrog‘i! U O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin birinchi qabul qilingan davlat ramzidir. Bayrog‘imiz dunyo miqyosida mangu hilpirashi uchun bugun yurtimizda bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. 



Zangiota tumanidagi 35-maktabda 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Mangu hilpirayver, bayrog‘im!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida maktab direktori Iroda Tojiyeva ustoz va murabbiylar hamda barcha o‘quvchilarni ushbu sana bilan tabrikladi. 



Bugungi kunda maktabda 516 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Bayram tadbiri Vatan bayrog‘i haqidagi she’rlar, rang-barang kuy-qo‘shiqlar-u raqslarga ulandi. Shundan so‘ng 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsni 34 yildan beri ushbu maktabda ustozlik qilib kelayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Feruza Ismoilova olib bordi. 



Bayrog‘imizning tuzilishi, mazmuni, qabul qilinishi haqidagi savollarga burro-burro javob berayotgan bolajonlar bilan suhbatlashar ekanmiz, qalbimiz faxrga to‘ldi. 

Nazokat XOLMETOVA

 Burhon RIZOQULOV olgan suratlar.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish