Grandlar qanday qayta taqsimlanadi?
838.webp)
Ushbu tartibni qo‘llash 2024-2025-o‘quv yilida talaba bo‘lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o‘rinlari qayta taqsimlanadi.
Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o‘qiyotgan talabalarda hech narsa o‘zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o‘qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar.
Ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o‘qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.
Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) O‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to‘lab berish davom etadi.
2) To‘liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo‘llanmaydi, chunki bundan ma’no yo‘q.
3) O‘qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo‘llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.
Imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo‘llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g‘oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.
Maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo‘llanmaydi.
Grant o‘rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o‘tkaziladi. Bunda o‘tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o‘quv yili davomida GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan baland bo‘lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.
Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo‘lgan talaba kelasi yili yaxshi o‘qisa, yana grant olishi mumkin.
Shu kecha va kunduzda
AKADEMIYADA "TALABALAR BAHORI"
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi
“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIR
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank