Hech qachon kech emas

90 yoshli buvi Annette Roberge kollej diplomini qo‘lga kiritdi.
Amerikalik 90 yoshli Annette Roberge, uzoq yillar orzu qilgan narsasiga nihoyat erishdi — u kollej diplomini oldi. Southern New Hampshire Universiteti tomonidan berilgan biznes boshqaruvi bo‘yicha diplom unga o‘zi uchun, oilasi uchun, va eng avvalo, butun umri davomida qilgan mehnatining mukofoti sifatida topshirildi.
Annette yoshligida kollejga o‘qishga kirgan, biroq turmush o‘rtog‘i Vetnam urushiga ketganida u o‘qishni to‘xtatib, farzandlarini katta qilish uchun ishlashga majbur bo‘lgan. Kutilmagan to‘xtalish yillar osha cho‘zildi. Farzandlar ulg‘aydi, nevaralar, hatto evaralar tug‘ildi, lekin Annette ich-ichidan ta’limini yakunlash orzusini asrab yurdi. Southern New Hampshire Universiteti talabalari va bitiruvchilarining ma’lumotlarini ko‘rib chiqayotganida, Annette’ning ismini ko‘rib qoldi.
Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z vaqtida yetarlicha kredit yig‘gan va bu diplom olishga imkon berardi. Universitet rahbariyati bu holatdan hayratda qolib, uni bitiruv marosimiga taklif qildi. Bitiruv kuni Annette maxsus libos kiyib, o‘nlab yosh bitiruvchilar qatorida tantanali marosimda qatnashdi. Sahna ortida esa evaralari “buvi, sen juda zo‘rsan!” deya hayajon bilan qarshi oldi. Annette intervyusida shunday dedi: “Hech qachon juda kech emas. Orzularingizni asrang. Men 90 yoshdaman va bu mening eng baxtli kunim. Endi men bu diplomni devorga ilib qo‘yaman va har safar qaraganimda, o‘zimni faxr bilan eslayman”. Uning hikoyasi ko‘plab odamlarga, ayniqsa o‘z orzulari haqida shubhalanayotgan kattalarga, ilhom manbayiga aylandi.
To‘ra HOJIQULOV,
tarjimasi
Shu kecha va kunduzda
1-iyun: Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Ota-onalar va o‘qituvchilarning bolalar ustidan nazorati qanchalik muhim?
Repetitorsiz o‘qishga kirish mumkinmi?
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuv zarur
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank