“Jonli modellar” metodi

Sinab ko‘ring! “Jonli modellar” metodi
31

 7-sinf rangli elementlar orqali samarali ta’lim

Bugungi kunda ta’lim tizimi o‘qituvchidan nafaqat bilim berishni, balki o‘quvchini o‘ylashga, izlanishga va fan bilan yashashga o‘rgatishni talab qilmoqda. Ayniqsa, kimyo kabi murakkab va mavhum tushunchalarga boy fanlarda an’anaviy darslar ko‘pincha o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun zamonaviy kimyo o‘qituvchisi doimo yangicha, noodatiy va qiziqarli metodlarni izlab topishi zarur.


Ana shunday samarali yondashuvlardan biri – kimyo darslarida har bir o‘quvchini kimyoviy element sifatida namoyon etish metodidir. Bu metod o‘quvchilarni dars jarayonining passiv tinglovchisi emas, balki uning faol ishtirokchisiga aylantiradi.


Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, sinfdagi har bir o‘quvchi ma’lum bir kimyoviy element sifatida tanlanadi. O‘quvchilar boshiga kartondan yasalgan maxsus belgi taqib o‘tiradilar. Bu belgida tanlangan elementning kimyoviy belgisi, nomi, tartib raqami va atom og‘irligi ko‘rsatiladi. Karton ranglari esa elementning elektron tuzilishiga mos ravishda ajratiladi:
s-elementlar uchun qizil, p-elementlar uchun sariq, d-elementlar uchun ko‘k rangdan foydalaniladi.


Bunday rangli tasniflash davriy sistemani vizual ravishda anglash imkonini beradi. O‘quvchi o‘zini qaysi blokka mansubligini ko‘rib turadi va bu orqali elementlarning elektron tuzilishini sezilarli darajada oson tushunadi.

Metodning yana bir muhim jihati shundaki, o‘g‘il bolalar metallar, qiz bolalar esa metalmaslar sifatida belgilanadi. Bu o‘quvchilarga metal va metalmaslarning xossalarini jonli tarzda anglash imkonini beradi. Masalan, metallar elektron beruvchi, metalmaslar esa elektron qabul qiluvchi sifatida sahnalashtirilganda, kimyoviy bog‘lanishlar mavzusi o‘z-o‘zidan aniq va tushunarli bo‘lib qoladi.


Kimyoviy bog‘lanishlarni o‘rganishda o‘quvchilar bir-biri bilan “reaksiyaga kirishadilar”. Metall rolidagi o‘quvchi elektron “beradi”, metalmas rolidagi o‘quvchi esa uni “qabul qiladi”. Shu orqali ion bog‘lanish, kovalent bog‘lanish, oksidlanish darajasi kabi tushunchalar oddiy hayotiy harakatlar orqali tushuntiriladi. Natijada murakkab formulalar jonlanadi, kimyo tirik fan sifatida namoyon bo‘ladi.


Bu metod ayniqsa 7-sinf o‘quvchilari uchun juda samaralidir. Kimyo fanini endi o‘rganishni boshlagan bolalar uchun element belgilarini yodlash eng qiyin bosqichlardan biridir. Ammo o‘zi “Na”, “O”, “Cl” yoki “Fe” bo‘lib turgan o‘quvchi o‘z belgisini unutmaydi. Shu tariqa kimyoviy belgilar tabiiy ravishda xotirada saqlanadi.

Metodning yana bir afzalligi – darsning rang-barang va qiziqarli o‘tishidir. Rangli kartonlar, harakat, rollar, o‘zaro muloqot darsni jonlantiradi. O‘quvchilarda pozitiv muhit shakllanadi, fan qo‘rquv emas, qiziqish uyg‘otadi.


Shuningdek, bu yondashuv o‘quvchilarda jamoada ishlash, muloqot qilish, mantiqiy fikrlash va muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Har bir “element” o‘z vazifasini biladi va “reaksiya” natijasida qanday “modda” hosil bo‘lishini tushunishga harakat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, kimyo fanini noodatiy tarzda o‘qitish, xususan o‘quvchilarni elementlar sifatida namoyon etish metodi nafaqat bilimni mustahkamlaydi, balki fanga muhabbat uyg‘otadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston uchun ijodkor, ilmiy fikrlaydigan, fan bilan yashaydigan yoshlar zarur. Bunday metodlar esa ana shunday yoshlarni tarbiyalashning muhim vositasidir.

Agar kimyo darsi rangga, harakatga va hayotga to‘lsa, o‘quvchi uchun u faqat fan emas, balki kashfiyotlar olamiga aylanishi shubhasiz.

 

Kimyo ta’limida “jonli modellar” metodi: 8–9-sinflar uchun yangi didaktik yondashuv

7-sinfda o‘quvchi kimyoviy element bilan tanishadi. 8–9-sinflarda esa u elementdan hosil bo‘ladigan moddalar dunyosiga kirib boradi. Shuning uchun ta’lim metodikasi ham o‘zgarishi lozim. Agar 7-sinfda o‘quvchi “element” bo‘lsa, 8–9-sinflarda u “modda”ga aylanishi kerak. Ana shu tamoyil asosida “jonli modellar” metodining ikkinchi bosqichi ishlab chiqildi.

 

Kimyoni jonlantirgan metod formuladan hayotga



Bugungi kunda ta’lim oldida turgan eng muhim vazifa o‘quvchini faqat bilim bilan emas balki fikrlaydigan izlanadigan va anglaydigan shaxs qilib tarbiyalashdir Ayniqsa kimyo fanida formulalarni yodlashdan ko‘ra ularni hayot bilan bog‘lab tushunish muhim Shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab kimyo fani o‘qituvchisi Ataboyeva Dilfuza Nematullayevna tomonidan ishlab chiqilgan metod amaliy jihatdan katta samara bermoqda

Ushbu metodda 8 sinf o‘quvchilari galogenlar xalkogenlar va azot guruhchasi kabi elementlarni shunchaki nomi bilan emas balki ularning eng ko‘p uchraydigan birikmalari orqali o‘rganadilar O‘quvchilar NaCl HCl NH3 H2SO4 KNO3 CaCO3 kabi moddalarni tanlab ularning formulasini kartonga yozib darsga modda sifatida keladilar Har bir darsda o‘quvchi o‘zi tanlagan moddaning qayerda uchrashi qanday olinishi qanday xossalarga egaligi va qayerda ishlatilishi haqida gapirib beradi Shu orqali formula oddiy belgilar yig‘indisi bo‘lib qolmay balki real hayot bilan bog‘langan bilimga aylanadi Eng muhimi formulalar majburiy yodlash emas balki tabiiy xotira orqali mustahkamlanadi

9 sinfda esa o‘quvchilar metallarni chuqurroq o‘rganib Fe yoki Cu kabi elementlardan tashqari Fe2O3 CuSO4 Al2O3 ZnCl2 CaCO3 kabi moddalar orqali bilim oladilar Har bir o‘quvchi tanlagan moddasining sanoatda olinishi kimyoviy reaksiyalari amaliy qo‘llanilishi va ekologik ahamiyati haqida mustaqil izlanadi Bu jarayon o‘quvchilarda tahlil qilish axborot bilan ishlash mantiqiy fikrlash va taqdimot ko‘nikmalarini shakllantiradi Natijada maktab kimyosi ilmiy dunyo bilan bog‘lanadi

Ushbu metod formulalarni tabiiy yodlashni ta’minlaydi kimyoni real hayot bilan bog‘laydi o‘quvchini faol izlanishga undaydi nutq va taqdimot madaniyatini rivojlantiradi darsda faollikni oshiradi kimyoviy tafakkurni shakllantiradi hamda fanlararo bog‘lanishni kuchaytiradi

Bu metodni respublika miqyosida joriy etish muhim chunki u katta mablag‘ talab qilmaydi maxsus texnika shart emas har bir maktabda qo‘llash mumkin natijasi tez ko‘rinadi o‘qituvchi ijodkorligini ochadi va eng muhimi o‘quvchini fanga oshno qiladi Ushbu yondashuv kimyoni quruq fan emas balki hayot bilan bog‘langan tirik bilimga aylantiradi

 Dilfuza Ataboyeva,
 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi

 

Maqola muallifi

Dilfuza Atabayeva

Dilfuza Atabayeva

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish