“Jonli modellar” metodi
7-sinf rangli elementlar
orqali samarali ta’lim
Bugungi kunda ta’lim tizimi o‘qituvchidan nafaqat bilim berishni, balki o‘quvchini o‘ylashga, izlanishga va fan bilan yashashga o‘rgatishni talab qilmoqda. Ayniqsa, kimyo kabi murakkab va mavhum tushunchalarga boy fanlarda an’anaviy darslar ko‘pincha o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun zamonaviy kimyo o‘qituvchisi doimo yangicha, noodatiy va qiziqarli metodlarni izlab topishi zarur.
Ana shunday samarali yondashuvlardan biri – kimyo darslarida har bir o‘quvchini kimyoviy element sifatida namoyon etish metodidir. Bu metod o‘quvchilarni dars jarayonining passiv tinglovchisi emas, balki uning faol ishtirokchisiga aylantiradi.
Ushbu metodning
mohiyati shundan iboratki, sinfdagi har bir o‘quvchi ma’lum bir kimyoviy
element sifatida tanlanadi. O‘quvchilar boshiga kartondan yasalgan maxsus belgi
taqib o‘tiradilar. Bu belgida tanlangan elementning kimyoviy belgisi, nomi,
tartib raqami va atom og‘irligi ko‘rsatiladi. Karton ranglari esa elementning
elektron tuzilishiga mos ravishda ajratiladi:
s-elementlar uchun qizil, p-elementlar uchun sariq, d-elementlar uchun ko‘k
rangdan foydalaniladi.
Bunday rangli
tasniflash davriy sistemani vizual ravishda anglash imkonini beradi. O‘quvchi
o‘zini qaysi blokka mansubligini ko‘rib turadi va bu orqali elementlarning
elektron tuzilishini sezilarli darajada oson tushunadi.
Metodning yana bir
muhim jihati shundaki, o‘g‘il bolalar metallar, qiz bolalar esa metalmaslar
sifatida belgilanadi. Bu o‘quvchilarga metal va metalmaslarning xossalarini
jonli tarzda anglash imkonini beradi. Masalan, metallar elektron beruvchi,
metalmaslar esa elektron qabul qiluvchi sifatida sahnalashtirilganda, kimyoviy
bog‘lanishlar mavzusi o‘z-o‘zidan aniq va tushunarli bo‘lib qoladi.
Kimyoviy
bog‘lanishlarni o‘rganishda o‘quvchilar bir-biri bilan “reaksiyaga
kirishadilar”. Metall rolidagi o‘quvchi elektron “beradi”, metalmas rolidagi
o‘quvchi esa uni “qabul qiladi”. Shu orqali ion bog‘lanish, kovalent
bog‘lanish, oksidlanish darajasi kabi tushunchalar oddiy hayotiy harakatlar
orqali tushuntiriladi. Natijada murakkab formulalar jonlanadi, kimyo tirik fan
sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu metod ayniqsa
7-sinf o‘quvchilari uchun juda samaralidir. Kimyo fanini endi o‘rganishni
boshlagan bolalar uchun element belgilarini yodlash eng qiyin bosqichlardan
biridir. Ammo o‘zi “Na”, “O”, “Cl” yoki “Fe” bo‘lib turgan o‘quvchi o‘z
belgisini unutmaydi. Shu tariqa kimyoviy belgilar tabiiy ravishda xotirada
saqlanadi.
Metodning yana bir
afzalligi – darsning rang-barang va qiziqarli o‘tishidir. Rangli kartonlar,
harakat, rollar, o‘zaro muloqot darsni jonlantiradi. O‘quvchilarda pozitiv
muhit shakllanadi, fan qo‘rquv emas, qiziqish uyg‘otadi.
Shuningdek, bu
yondashuv o‘quvchilarda jamoada ishlash, muloqot qilish, mantiqiy fikrlash va
muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Har bir “element” o‘z vazifasini
biladi va “reaksiya” natijasida qanday “modda” hosil bo‘lishini tushunishga
harakat qiladi.
Xulosa qilib
aytganda, kimyo fanini noodatiy tarzda o‘qitish, xususan o‘quvchilarni
elementlar sifatida namoyon etish metodi nafaqat bilimni mustahkamlaydi, balki
fanga muhabbat uyg‘otadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston uchun ijodkor, ilmiy
fikrlaydigan, fan bilan yashaydigan yoshlar zarur. Bunday metodlar esa ana
shunday yoshlarni tarbiyalashning muhim vositasidir.
Agar kimyo darsi rangga, harakatga va hayotga to‘lsa, o‘quvchi uchun u faqat fan emas, balki kashfiyotlar olamiga aylanishi shubhasiz.
Kimyo ta’limida
“jonli modellar” metodi: 8–9-sinflar uchun yangi didaktik yondashuv
7-sinfda o‘quvchi
kimyoviy element bilan tanishadi. 8–9-sinflarda esa u elementdan hosil
bo‘ladigan moddalar dunyosiga kirib boradi. Shuning uchun ta’lim metodikasi ham
o‘zgarishi lozim. Agar 7-sinfda o‘quvchi “element” bo‘lsa, 8–9-sinflarda u “modda”ga
aylanishi kerak. Ana shu tamoyil asosida “jonli modellar” metodining
ikkinchi bosqichi ishlab chiqildi.
Kimyoni jonlantirgan metod formuladan hayotga
Bugungi kunda ta’lim
oldida turgan eng muhim vazifa o‘quvchini faqat bilim bilan emas balki
fikrlaydigan izlanadigan va anglaydigan shaxs qilib tarbiyalashdir Ayniqsa
kimyo fanida formulalarni yodlashdan ko‘ra ularni hayot bilan bog‘lab tushunish
muhim Shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab kimyo
fani o‘qituvchisi Ataboyeva Dilfuza Nematullayevna tomonidan ishlab chiqilgan
metod amaliy jihatdan katta samara bermoqda
Ushbu metodda 8 sinf
o‘quvchilari galogenlar xalkogenlar va azot guruhchasi kabi elementlarni
shunchaki nomi bilan emas balki ularning eng ko‘p uchraydigan birikmalari
orqali o‘rganadilar O‘quvchilar NaCl HCl NH3 H2SO4
KNO3 CaCO3 kabi moddalarni tanlab ularning formulasini
kartonga yozib darsga modda sifatida keladilar Har bir darsda o‘quvchi o‘zi
tanlagan moddaning qayerda uchrashi qanday olinishi qanday xossalarga egaligi
va qayerda ishlatilishi haqida gapirib beradi Shu orqali formula oddiy belgilar
yig‘indisi bo‘lib qolmay balki real hayot bilan bog‘langan bilimga aylanadi Eng
muhimi formulalar majburiy yodlash emas balki tabiiy xotira orqali
mustahkamlanadi
9 sinfda esa
o‘quvchilar metallarni chuqurroq o‘rganib Fe yoki Cu kabi elementlardan
tashqari Fe2O3 CuSO4 Al2O3
ZnCl2 CaCO3 kabi moddalar orqali bilim oladilar Har bir
o‘quvchi tanlagan moddasining sanoatda olinishi kimyoviy reaksiyalari amaliy
qo‘llanilishi va ekologik ahamiyati haqida mustaqil izlanadi Bu jarayon
o‘quvchilarda tahlil qilish axborot bilan ishlash mantiqiy fikrlash va taqdimot
ko‘nikmalarini shakllantiradi Natijada maktab kimyosi ilmiy dunyo bilan
bog‘lanadi
Ushbu metod
formulalarni tabiiy yodlashni ta’minlaydi kimyoni real hayot bilan bog‘laydi
o‘quvchini faol izlanishga undaydi nutq va taqdimot madaniyatini rivojlantiradi
darsda faollikni oshiradi kimyoviy tafakkurni shakllantiradi hamda fanlararo
bog‘lanishni kuchaytiradi
Bu metodni respublika
miqyosida joriy etish muhim chunki u katta mablag‘ talab qilmaydi maxsus
texnika shart emas har bir maktabda qo‘llash mumkin natijasi tez ko‘rinadi
o‘qituvchi ijodkorligini ochadi va eng muhimi o‘quvchini fanga oshno qiladi
Ushbu yondashuv kimyoni quruq fan emas balki hayot bilan bog‘langan tirik
bilimga aylantiradi
Shu kecha va kunduzda
“Jonli modellar” metodi
Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi
Qish fasli g‘oliblari
“Chingiz to‘rasini g‘arib rioyat qilurlar edi…”
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank