JSST: Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin
🔈 Haddan ortiq baland tovush quloqni qomatga keltirishi ma’lum. Xuddi shunday, musiqa tinglashda ham me’yoriy desibel ko‘rsatkichlari mavjud.
📊 Ammo ko‘pchilik yoshlar bu tavsiyalarga deyarli amal qilayotgani yo‘q. Shu tufayli hozir sayyoramiz bo‘yicha 1 milliard nafardan ziyod yigit-qizlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida.
🔎 Xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili B.Berdiklichev bayonotiga ko‘ra, 2050-yilga borib, 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar ma’lum darajada eshitish qobiliyatidan aziyat chekishi mumkin.
📈 Shuningdek, yana 700 million kishi reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lishi prognoz qilinyapti.
‼️ JSST vakilining fikricha, eshitish qobiliyati buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarning 60 foizdan ortig‘ini birlamchi bosqichda davolash imkoniyati bor. Eng samarali chora esa xastalikning oldini olishdir.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
Shu kecha va kunduzda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank