“KЕLAJAK SOATI” DARSLARIDA

Jarayon “KЕLAJAK SOATI” DARSLARIDA
54


Shayxontohur tumanidagi 20-maktabda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Kelajak soati” mashg‘ulotlari “Ma’rifat” gazetasi muxbiri Burhon Rizoqulov ishtirokida tashkillashtirildi. 


Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ushbu dars soati davomida Burhon Rizoqulov o‘quvchilarga milliy qadriyatlarni o‘rganish, ular qalbida yurtga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berdi. Maktabimizning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Barno Abdullayeva hamda Gulchehra Xo‘jayeva tomonidan tashkil qlingan “Iste’dod” teatr guruhi a’zosi, 11-“A” sinf o‘quvchisi Avazbek Akromov Alisher Navoiy obrazini talqin qildi.   




O‘ziga xos tarzda o‘tgan ushbu darsda  o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Matluba Mamatova yoshlarga o‘zbek tilining jozibasi, til o‘rganish dolzarb bo‘lgan ayni davrda yoshlarning o‘z tillarida ravon gapirishlari muhim ekanini ta’kidladi. Tadbir savol-javob, she’r va qo‘shiqlarga boy tarzda o‘tdi. 



Shaxnoza QOSIMOVA, 

20-maktab direktori

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish