Kitob haqida qiziqarli faktlar
Bilarmidingiz?

269
- “Google” tadqiqotlariga ko‘ra, dunyoda taxminan 140 million nomdagi kitob mavjud. Mazkur ma’lumotlarda qayd etilishicha, dunyodagi eng og‘ir kitob London muzeyida saqlanadi. “Dunyoning geografik atlasi” deb nomlangan ushbu kitobning balandligi bir metrdan oshiq, og‘irligi esa 320 kilogramm.
- Dunyodagi eng katta kitob esa “Dengiz qoidalari to‘plami” bo‘lib, uning balandligi o‘rtacha odam bo‘yidan uzun, kengligi bir, qalinligi esa yarim metrdan oshadi. Kitob hozir Amsterdam muzeyida saqlanadi.
- Dunyoning eng ko‘p adadli kitobi Injil sanaladi. Hozirgacha Injil 6 milliarddan ortiq nusxada chop etilgan.
- Dunyodagi eng qimmatbaho kitob Leonardo da Vinchining “Lester kodeksi” asari hisoblanadi. Narxi 30 million dollar deb baholangan ushbu kitob mashhur milliarder Bill Geytsga tegishli.
- “Zabur” bizgacha yetib kelgan eng qadimgi kitob hisoblanadi. Bu kitob 1640-yili Amerikaning Massachusets shtati Kembrij shahrida chop etilgan. XX asrda ushbu kitobning birinchi nashri faqat bir marta sotuvga chiqarilgan va 1947-yili Sotbis auksionida Yel universiteti tomonidan 151 000 dollarga xarid qilingan. 2013-yilning 26-noyabrida esa Nyu-Yorkdagi Sotbis auksionida u 14,165 million AQSH dollariga sotilgan hamda eng qimmatbaho bosma kitob sifatida tarixga kirgan. Massachusetsda chop etilgan “Zabur”ning birinchi nashrining 11 nusxasi ma’lum. Ushbu nusxalar hozir AQSH Kongressi kutubxonasi, Yel universiteti, Braun universiteti, Amerika antikvarlar jamiyati, Rozenbax muzeyi va kutubxonasi, qolgan ikkitasi esa Bostondagi ko‘hna janub cherkoviga qarashli Boston jamoat kutubxonasining nodir kitoblar bo‘limida saqlanadi.
- Dunyodagi eng katta lug‘at hisoblangan “Olmon
lug‘ati”ni tayyorlash 1854-yilda boshlanib, 1971-yilda yakuniga yetgan. Lug‘at 33 jild, 33 519 sahifadan iborat.
- Dunyodagi eng katta ensiklopediya kitobi esa “Universal Yevro-Amerika entsiklopediyasi”dir. 104 jild va 105 ming sahifali entsiklopediyada 165 million so‘z izohi keltirilgan.
- Noodatiy kitoblardan yana biri Braziliyada saqlanadi. Rio-de-Janeyro shahrining 400 yilligi munosabati bilan chiqarilgan ushbu 200 sahifalik esdalik kitobi po‘latdan yasalgani bilan olamga tanilgan.
- Dunyodagi eng uzun nomli kitob 1633-yili Londonda nashr etilgan bo‘lib, uning nomi 45 satrdan tashkil topgan.
- Dunyodagi eng katta kutubxona Vashingtonda joylashgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi kutubxonasi sanaladi. Bu kutubxonada 470 tilda 30 milliondan ortiq kitob, turli davlatlarning milliondan ortiq gazeta va jurnallari, 6 million qo‘lyozma, 5 millionga yaqin xarita, 12 million rasm va boshqalar mavjud. Bir yil mobaynida ushbu kutubxonadan foydalanuvchilar soni 2 milliondan oshadi. Ayni paytda kutubxonada 3600 nafar xodim ishlaydi.
To‘plovchi va tarjimon
Rahmat BOBOJON.
Shu kecha va kunduzda
Yo‘qolgan bolalik
Dolzarb mavzu
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Xalqaro hayot
Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda
Bilib qo‘ygan yaxshi
1-avgustdan maktab va bog‘cha xodimlari oyliklari 10 foizga oshiriladi
Jarayon
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Bilarmidingiz?
Bilasizmi?
Kasbga yo‘naltirish
Siz nima deysiz?

❗️Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?

Ota-onalar boshqa mikrohududda joylashgan maktablarga ham farzandini 1-sinfga joylashtirishi mumkinmi?

Savod chiqdi. Endi nima bo‘ladi?
