Ulkan marralarga boshla, qo‘ng‘iroq!

Mana maktabimizda
yana qo‘ng‘iroq ovozi! Bugungi qo‘ng‘iroq har galgidan jo‘shqinroq chalingandek
go‘yo. Birinchi sinfga ilk qadamlarini qo‘ygan bolajonlarimizning quvonchi
cheksiz. Farg‘ona viloyatining olis chegara hududi bo‘lmish Beshariq tumani
Uzun qishlog‘iga qarashli 11-maktabda katta tantana.
“Vatan uchun,
millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida boshlangan birinchi qo‘ng‘iroq
tadbirimizga viloyat hokimi Rasuljon Jo‘rayev tashrif buyurdi. Viloyat hokimi ko‘zida
quvonch, kelajakka katta ishonch bilan boqib turgan yosh avlodga o‘zining
tabrik so‘zlarini izhor qildi. Kelajak yoshlariga davlatimizning yaratayotgan imkoniyatlari, ta’lim sohasidagi
islohotlar, erishilgan yutuqlari haqida to‘lqinlanib gapirdi. Barcha yoshlarni
katta-katta maqsadlar sari ilhomlantirdi, izlanishga, cho‘qqilarni zabt etishga
da’vat etdi. Shundan so‘ng maktabimizning sobiq o‘quvchilari, faxriylari,
mahalla faollari so‘zga chiqib, barcha ustozlar va ta’lim oluvchilarni yangi
boshlangan o‘quv yili bilan qutladilar.
Tadbir qatnashchilariga
o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi va barcha
maktab jamoasi va o‘quvchilarni shijoat bilan o‘quv yilini boshlashga
ruhlantirishdi.
Hokimimiz Rasuljon Jo‘rayev Muhtaram Prezidentimizning birinchi sinflar uchun sovg‘alarini tantanali ravishda taqdim etdi. Birinchi sinf o‘quvchilari ko‘tarinki kayfiyatda, katta mamnuniyat bilan o‘quv qurollari jamlanmalarini qabul qilib olishdi. Bugungi ilk o‘qish kuni barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda ota-onalarga unitilmas quvonch va g‘urur baxsh etdi, desak adashmagan bo‘lamiz.
Nilufar SAIDOVA,
Beshariq tumanidagi 11- maktabning oliy toifali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Shu kecha va kunduzda
Ulkan marralarga boshla, qo‘ng‘iroq!
“RAQAMLI AVLOD ̶ 2025” INKLYUZIV OROMGOHIGA PRESS - TUR TASHKILLASHTIRILDI
“Prezident iqtidorli farzandlari” yoshlar orzulariga qanot bo‘ladi
Dissertatsiyalar amaliyotdan uzilib qolmoqda!
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank