Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi

Jarayon Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
89



📝 Farmonga kora, 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi.


💸 “Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. 


✔️ Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi.


💵 Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida Jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi:


🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarga;


🔹 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga;


🔹 doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga.


🚫Bunda ishsizlik nafaqasi to‘lanishi davrida o‘quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish