Mart oyidan yurtimizda “Milliy qadryatlar oyligi” start oladi
2023-yil 25-dekabrda har yili mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayllarini o‘tkazib borish haqidagi prezident qarori qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, yurtimizning milliy urf-odatlari, qadimiy an’analarimiz, xalq og‘zaki ijodi san’atini vatanimizga tashrif buyurgan turistlarga va dunyoga tanitish targ‘iboti olg‘a surilgan.
“Milliy qadryatlar oyligi”da turli tadbirlar va xalq sayllarini tashkil etish, unda milliy liboslarimiz, xalq o‘yinlari, badiiy jamoalarning chiqishlari, qo‘shiqchilik san’ati (o‘lan, lapar, xalq o‘yinlari, terma, marosim qo‘shiqlari, baxshichilik) shuningdek raqs san’ati namunalari, milliy cholg‘uchilik san’ati, arqon tortish, dor o‘yinlari, tosh ko‘tarish kabi qadimiy o‘yinlarimiz, hamda milliy kurash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Respublikamizning barcha hududlarida “Milliy qadriyatlar oyligi”ni tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi axborot xizmati.
Shu kecha va kunduzda
IMKONIYATLAR NATIJA BERMOQDA
FAN OLIMPIADALARI: NATIJA VA RAG‘BAT
“Attestatsiyadan 100 ball oldim”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH “ZIYO FORUM” FONDI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN “AVLOD GRANT” LOYIHASI
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank