Nurmat Otabekov: “Xavotirlanishga asos yo‘q”

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab va bog‘chalarda o‘tkir respirator virusli kasallik keng tarqalgani, oqibatda poliklinikalar emlanmagan bemor bolalar bilan to‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov mazkur xabarlar haqiqatga zidligini ma’lum qildi.
Avvalo, shuni aytish kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu xabarlar haqiqatga zid. Boisi ayni paytda yurtimizda mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror va xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q. Havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, ularning ko‘tarilish davri kuz-qish va qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Bundan esa zinhor xavotirga tushish kerak emas”, deydi u.
Bir necha kun avval mamlakatda qish mavsumiga xos bo‘lmagan iliq ob-havo kuzatildi. Kecha esa aksincha, hududlarda qor yog‘ib o‘tdi. Nurmat Otabekovning aytishicha, havoning bunday tez-tez o‘zgaruvchanligi bois aksariyat insonlar mavsumga mos kiyinishga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Qolaversa, bunday iqlim sharoitida xonadonlar va yopiq bino-inshootlarda havo almashinuvi kamayishi hisobiga atmosferada viruslar konsentratsiyasi oshishi kuzatiladi.
Bilamizki, respirator xastaliklarni keltirib chiqaradigan viruslarning turlari juda ko‘p. Gripp, paragripp, renovirus, adenovirus, hatto koronavirus infeksiyalari shular jumlasidan. Shu sababli hozir kuzatilayotgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni tabiiy holat deb qabul qilish zarur”, deb ta’kidladi Nurmat Otabekov.
Mutaxassis immunitet mustahkamligini ta’minlash uchun meva-sabzavotlar, turli ko‘katlar va qaynatmalar iste’mol qilish hamda mavsumga mos kiyinishni tavsiya etdi va mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishining oldini olishga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.
2025-yil yanvar oyi boshlarida Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi markaz yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmaganini bildirib, tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qilgandi.
Shu kecha va kunduzda
Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi
13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Mukofot pullarini to‘lab bermagan buxgalterga qanday chora ko‘rish mumkin?
Pensiya tayinlashda chet elda ishlagan davrini ish stajiga olish tartibi qanday?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

BIZNI ULOQTIRMA, ZAMIN! “Uy” deb nomlangan videorolikdan so‘ng...

JSST: Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

Bolalar ombudsmani 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkakka chiqarilgan sud qaroriga protest kiritdi
