O‘zbekistonda aholining to‘g‘ri ovqatlanishini baholash boshlandi
Strategik islohotlar agentligi O‘zbekistonda aholining to‘g‘ri ovqatlanishini kompleks baholashni boshlaganini e’lon qildi. Bu tadqiqot ISCAD (International Strategic Center for Agri-Food Development) tashkiloti tomonidan, Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Loyihaning maqsadi:
– Aholining ovqatlanish odatlari va ratsionini har tomonlama baholash;
– Sog‘liqqa ta’sir qiluvchi bilimlar, xulq-atvor omillari va obyektiv tibbiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish.
Tadqiqot doirasida quyidagi 5 yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlar to‘planmoqda:
1. Aholining ovqatlanish bo‘yicha bilim va amaliyoti.
2. Antropometrik ko‘rsatkichlar (bo‘y, vazn, tana massasi indeksi).
3. Biokimyoviy parametrlari (qon tarkibidagi shakar, xolesterin, mikroelementlar).
4. Klinik salomatlik holati.
5. Individual va oilaviy tibbiy tarix, ijtimoiy va maishiy sharoitlar.
📊 Tadqiqotning maqsadi:
– Ushbu ma’lumotlar sog‘lom ovqatlanish tamoyillari bo‘yicha xabardorlik darajasini, ortiqcha vazn va yetarli ovqatlanmaslik holatlarini, ijtimoiy va xulq-atvor omillarining ta’sirini, shuningdek, hududiy xususiyatlarni aniqlash imkonini beradi.
📈 Natijalarga asoslangan dasturlar:
– To‘plangan ma’lumotlar asosida milliy darajadagi dasturlar va tashabbuslar ishlab chiqiladi.
– Bu dasturlar ovqatlanish sifatini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish, aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan maqsadli axborot kampaniyalarini tayyorlash va mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Shu kecha va kunduzda
Markaziy Osiyoda bandlik va farovonlik masalalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida muhokama qilindi
PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi
Yana bir Osiyo chempioni
MIKROFON OLDIDA MAS’ULIYAT – YO‘QOLGAN QADRIYATMI?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank