O‘zbekistonliklar boyib ketyaptimi?

2025-yil I yarimida O‘zbekiston aholisining jon boshiga umumiy daromadlar haqida yangi ma’lumotlar e'lon qilindi. Statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, mamlakatda aholi daromadlari sezilarli darajada o‘sdi, ammo ba'zi hududlarda bu o‘sish yanada yuqori bo‘lgan.
📊 Statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra:
– 2025-yilning yanvar-iyun oylarida aholi umumiy daromadlari 515,9 trln so‘mni tashkil etdi.
– 2024-yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlari real o‘sish sur’ati 9,5% bo‘ldi. O‘tgan yili esa daromadlar 2023-yilning I yarmidagidan 11,9% ko‘proq o‘sgandi.
💵 Jon boshiga umumiy daromadlar:
– Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 13,7 million so‘mni tashkil etdi.
🔹Nominal o‘sish sur’ati: 17,7%
🔹Real o‘sish sur’ati: 7,4%
🏙 Eng yuqori daromadlar hududlar bo‘yicha:
– Toshkent shahri: 35 million 79 ming so‘m (eng yuqori ko‘rsatkich)
– Navoiy viloyati: 20 million 48 ming so‘m
– Buxoro viloyati: 15 million 883 ming so‘m
– Toshkent viloyati: 13 million 740 ming so‘m
📉 Eng past daromadlar:
– Qoraqalpog‘iston: 9 million 198 ming so‘m
– Namangan viloyati: 9 million 457 ming so‘m
📈 Eng yuqori real o‘sish:
– Farg‘ona viloyati: 15,5%
– Toshkent shahri: 12,8%
💼 Daromad manbalari:
– Aholi daromadlarining katta qismi yollanib ishlash va mustaqil band bo‘lishdan olinmoqda, bu esa umumiy miqdorning 60,6% ni tashkil etadi.
Shu kecha va kunduzda
XATARLI GIRDOB
Ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarga dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma beriladi
VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!
XORIJDA O‘QISH ENDI SHUNCHAKI ORZU EMAS!
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank