“Tabiat bolalar nigohida”

Jarayon “Tabiat bolalar nigohida”
46

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida joriy yilning iyun-iyul oylarida tabiat va atrof-muhitni asrab-avaylashga bag‘ishlangan “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi saralash bosqichi o‘tkazilgan edi. Bugun esa tanlovning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 14 ta hududdan g‘olib 28 nafar tarbiyalanuvchilar o‘zlarining ijodiy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.


Tanlovning maktabgacha taʼlim tashkiloti bosqichida 30 352 nafar tarbiyalanuvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Ulardan 18 057 nafari o‘g‘il bolalar, 12 295 nafari qiz bolalardir. Tuman(shahar) bosqichida esa 7375 nafar, viloyat bosqichida 416 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etishgan edi.


 – Mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsadimiz, maktabgacha yoshdagi bolalarning ichki qobiliyatini namoyon etishga shart-sharoitlar yaratish, ekologik madaniyatni shakllantirish, tevarak-atrof va hayvonlarni muhofaza qilish hamda tabiatda bo‘ladigan hodisalarga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lishga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ushbu tadbirning respublika bosqichi ilk marotaba o‘tkazildi. Tadbir yosh iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish hamda rag‘batlantirishdan iborat, – deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Gulbahor Parpiyeva.


Kattaqo‘rg‘on tumanidan kelgan 7 yoshli Ulug‘bek Akbarov rasmga bo‘lgan ishtiyoqi bolalikdan boshlanganini aytdi: "Men rasm chizishni yaxshi ko‘raman. Rasm chizishni 5 yoshimda boshlaganman. Tanlovga tabiatni chizgan rasmlarimni olib keldim. Hayvonlar rasmini xayolimda o‘ylab chizish menga yoqadi".

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari va ishtirokchilariga Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirliklarining qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Maqola muallifi

Dilafro‘z ABDURAJABOVA

Dilafro‘z ABDURAJABOVA

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish