Tarixiy yodgorliklarga 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlanishi, yana bir arxitektura yodgorligi esa ruxsatsiz ta’mirlanishi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ochildi.
Madaniy meros agentligi bilan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX — XX asrlarga oid tarixiy binolarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd so‘m, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi esa ruxsatsiz ta’mirlangani oqibatida 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Shu kecha va kunduzda
Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi
13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Mukofot pullarini to‘lab bermagan buxgalterga qanday chora ko‘rish mumkin?
Pensiya tayinlashda chet elda ishlagan davrini ish stajiga olish tartibi qanday?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank