Tavsiyanomali abituriyentlar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda

Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta grant kvotasiga tavsiyanoma asosida imtiyoz beriladi. Joriy yilda Prezident farmoyishi asosida ushbu kvotalar soni 2 barobar ko‘paytirilgan holda, 4 mingta etib belgilandi. Demak, katta ehtimol bilan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari joriy yilda pasayishi kutilmoqda.
Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, "Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku" degan savollarga ham duch kelyapmiz.
Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali quyidagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi.
Shu kecha va kunduzda
“Boburnoma”da shaxmat
Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlanishiga 7 kun qoldi!
Tarixiy xaritalar yo‘qligi dars sifatini tushirmoqda
Tavsiyanomali abituriyentlar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank