Toshkentdan uy izlayotganlar uchun xushxabar: narxlar pasaymoqda
-16600.jpg)
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joyda narxlar pasaydi. Lekin, shunga qaramay iyun oyida poytaxtda ijara narxlari barqarorlikni saqlab qoldi.
Ikkilamchi uy-joy narxlari:
– Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,8%ga pasaygan.
– Yangi qurilgan uylar segmentida esa narxlar 1,6%ga kamaydi.
– Mirzo Ulug‘bek (-7,6%), Yashnobod (-7,3%) va Chilonzor (-6,9%) tumanlarida ikkilamchi uy-joy narxlarining eng katta pasayishi kuzatildi.
Birlamchi uy-joy narxlari:
– Uchtepa (-9,7%), Yunusobod (-8,8%) va Shayxontohur (-7,7%) tumanlarida birlamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli pasayishi qayd etildi.
Ijara narxlari:
– Iyun oyida Toshkent shahrida ijara narxlarining barqarorligi kuzatildi.
– O‘rtacha ijara narxi bir kvadrat metr uchun $8,1ni tashkil etdi.
– Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
– Bu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha $10,3ni tashkil etdi.
Yillik ijara narxlaridagi o‘zgarish:
– Yillik hisobda o‘rtacha ijara narxlari 2,6%ga pasaydi.
– Eng sezilarli pasayish Uchtepa, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etildi.
Shu kecha va kunduzda
Toshkentdan uy izlayotganlar uchun xushxabar: narxlar pasaymoqda
Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi 2 yoshli qizni yuziga jarohat yetkazgan
“DOLZARB 90 KUN” 152-Maktab faoliyatida
Nazoratchilar abituriyentga test yechishda yordam berdimi?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Ota-onalar boshqa mikrohududda joylashgan maktablarga ham farzandini 1-sinfga joylashtirishi mumkinmi?

OAV va radikalizm: jurnalistlarga axborot manipulyatsiyasiga qarshi kurashish yo‘llari o‘rgatildi

Mukofot pullarini to‘lab bermagan buxgalterga qanday chora ko‘rish mumkin?
