“Yil o‘qituvchisi” tanlovinining ikkinchi bosqichi qanday tashkil etiladi?

Jarayon “Yil o‘qituvchisi” tanlovinining ikkinchi bosqichi qanday tashkil etiladi?
38

❓“Yil o‘qituvchisi” tanlovinining ikkinchi bosqichi qanday tashkil etiladi?


📃Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan: 


➖ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi joriy yilning fevral oyida tashkil etiladi hamda bunda ikkinchi bosqichga o‘tgan nomzodning o‘z fanidan dars o‘tish mahorati hakamlar hayʼati, shuningdek, pedagoglarning ovoz berish yo‘li orqali baholanadi.


❗️ Sinov darslari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan maktablarda tashkil etiladi.


✅ Mazkur maktablardagi sinflar hakamlar hayʼati tomonidan nomzod dars beradigan fan boʻyicha qurʼa tashlash yo‘li bilan, shuningdek, dars mashgʻulotlari mavzulari tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olinadi.


✈️ Nomzod tomonidan oʻtilgan dars mashgʻulotlari hakamlar hayʼati tomonidan 60 ballik tizim asosida baholanadi.


➖ Shu bilan birga, mazkur dars mashg‘uloti videoyozuvlari maxsus platformaga joylashtiriladi hamda ishtirokchi istiqomat qilayotgan hudud pedagoglari tomonidan 40 ballik tizim asosida ovoz berish yo‘li orqali baholanadi.


👉 Ikkinchi bosqich yakuniy natijalariga koʻra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball toʻplagan 2 nafardan nomzod tanlovning uchinchi bosqichiga oʻtkaziladi.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #O‘quvchi
  • #Sinf
  • #Sinf soati
  • #"Ma'rifat" gazetasi
  • #Imlo qoidalari

Ulashish