25-may – So‘nggi qo‘ng‘iroq

Bilamizki, 25-may – maktab bitiruvchilari uchun katta hayotga qadam qo‘yish va qo‘ng‘iroqning so‘nggi jarangini eshitadigan kun.
1948-yili Rossiyaning Krasnodar shahridagi 182-maktab direktori Fyodor Bryuxovetskiy ilk bor “so‘nggi qo‘ng‘iroq” degan tushunchani rasmiylashtirib, uni maktab bitiruvchilari uchun alohida bayram sifatida nishonlashni taklif qilgan. Ushbu tadbir g‘oyasi maktabni tugatayotgan bitiruvchilar uchun o‘qishning yakunlanishini esda qolarli va tantanali tarzda nishonlashdan iborat. An’ana sifatida, bitiruvchi o‘quvchilarga oxirgi marta maktab qo‘ng‘irog‘i chalinar, bu esa bolalik davri, maktab hayoti bilan xayrlashish timsoli bo‘lardi. Mustaqillikdan keyin ham bu an’ana O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa SSSR davlatlarida saqlanib qoldi. Shundan buyon har yili 25-may kuni 9–11-sinf bitiruvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadi, maktablarda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Janubiy Koreyada bu kuni “Maktab oldida xayrlashuv va yig‘lash marosimi” o‘tkaziladi. Ba’zan o‘quvchilar maktab hovlisida yig‘ilib, o‘qituvchilarga rahmat aytib, birga yig‘lashadi. Chunki Koreyada maktab yillari o‘quvchidan juda katta mehnat va intizom talab qilinadi. Argentinada esa, bitiruvchilar bir-birlariga un, tuxum, ketchup, yog‘, sirka va bo‘yoq chaplab maktabni bitirganlarini nishonlashadi.
Bu yilgi bitiruvchilarga omad tilaymiz!
Madinabonu SAPAROVA,
O‘zDJTU talabasi
Shu kecha va kunduzda
Yoshlar, ilm-fan va kelajak sari
25-may – So‘nggi qo‘ng‘iroq
O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’limi istiqbollari muhokama qilinmoqda
🚀“Kichik akademiya” – iqtidorlilar uyushmasi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank