Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada yakunlandi
Jarayon
595
Kecha matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi IV xalqaro olimpiadaning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli xalqaro musobaqa yoshlarning aniq va texnik fanlar sohasidagi bilim hamda salohiyatini namoyon etish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, vazirlik mas’ullari, xalqaro mehmonlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov ishtirok etdi. Tadbir davomida olimpiada g‘oliblari va sovrindorlari munosib taqdirlandi.
Joriy yilda to‘rtinchi marotaba tashkil etilgan olimpiadada dunyoning 10 davlatidan 221 nafar o‘quvchi-yoshlar bevosita qatnashdi. Shuningdek, Bangladesh, Venesuela, Iordaniya va Ozarbayjon davlatlaridan o‘quvchilar masofaviy formatda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Bir necha kun davom etgan bahslar matematika hamda informatika yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori saviyada tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 61 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 11 tasi oltin, 22 tasi kumush va 28 tasi bronza medallaridan iborat bo‘ldi. Ushbu natija mamlakatimiz o‘quvchilarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi va tayyorgarlik darajasi yuksalib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni xalqaro tajriba bilan tanishtirish hamda kelgusidagi yirik musobaqalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur olimpiada joriy yilning iyul oyida o‘tkaziladigan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) va Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) uchun muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘taydi.
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada yildan yilga o‘z nufuzi va geografiyasini kengaytirib bormoqda. Bu esa O‘zbekistonning xalqaro ta’lim maydonidagi o‘rni mustahkamlanib borishiga yordam bermoqda.
Shu kecha va kunduzda
Yoshlar alkogolni kam iste’mol qilmoqda, ammo…
Daxldorlik
FVV AKADEMIYASIDA “YURT QAYG‘USIDA 365 KUN” KITOBINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
Daxldorlik
“Gimnastikaga ilk qadam” Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Sport
Ilk bor ustozlar ishtirokida voleybol bo‘yicha respublika musobaqasi tashkil etildi
Jarayon
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Daxldorlik
Daxldorlik
Sport
Jarayon
Yoshlar alkogolni kam iste’mol qilmoqda, ammo…
FVV AKADEMIYASIDA “YURT QAYG‘USIDA 365 KUN” KITOBINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
“Gimnastikaga ilk qadam” Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda