AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT

Ajdodlar merosi − bebaho xazina AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT
335


Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga bo‘lgan e’tibor  bilan chambarchas bog‘liq.


Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek “Yoshlarimiz haqli ravishda jonajon Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”.


Mamlakatimiz bo‘ylab buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda. Jumladan, joriy yilning 3-aprel kuniFavqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida buyuk davlat arbobi, sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan“Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. 


Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, tarix fanlari nomzodi, Jumaboy Raximov, Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarix va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ozoda Raxmatullayeva, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” ilmiy xodimi Komiljon Sutonov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” ilmiy xodimi Saidbaxrom Azizov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.



Anjumandan ko‘zlangan maqsad - yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona yurtga cheksiz mehr-muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, vatanparvarlik, xalqparvarlik fazilatlarini yuksaltirish, ajdodlarimizning jasorat va qahramonliklari va ularning boy ma’naviy merosini yanada chuqurroq o‘rganishdan iboratdir.


Anjumanda so‘zga chiqqanlar - Sohibqiron Amir Temurning bunyodklorlik ishlari, o‘z zamonining kuchli va eng jangovar lashkarini tashkil qilishga muvaffaq bo‘lganligi, bobokalonimiz yaratgan qudratli armiya jahonning o‘sha vaqtdagi eng ilg‘or armiyasi sifatida tan olingani, Sohibqiron Amir Temur hazratlari milliy davlatchiligimiz tarixida nafaqat yetti iqlim sultoni sifatida, balki yurt obodonchiligi va xalq farovonligi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan buyuk davlat arbobi ekanligini alohida e’tirof etdilalar.


Anjuman doirasida tashkil etilgan sara asarlar to‘plamlaridan iborat badiiy va tariximizga oid kitoblar yarmarkasi yoshlar qalbida iliq taassurotlar qoldirdi hamda yoshlarni qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Shundan so‘ng tashkilotchilar tomonidan tashrif buyurgan mehmonlarga va faol ishtirok etgan kursantlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Muxtasar qilib aytganda, Amir Temurni ulug‘lash – tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir.


Farhodjon XOJAYEV,

FVV Akademiyasi

kattao‘qituvchisi

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish