Atamalar komissiyasi 30 ta yangi so‘z uchun o‘zbekcha muqobil taklif etmoqda

Talqin Atamalar komissiyasi 30 ta yangi so‘z uchun o‘zbekcha muqobil taklif etmoqda
458

Atamalar komissiyasi 30 ta yangi so‘z uchun o‘zbekcha muqobil taklif etmoqda

Atamalar komissiyasining Fanlar Akademiyasi instituti olimlaridan iborat ishchi guruhi 30 ta yangi so‘z-atama bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Ular yakuniy to‘xtam emas, har kim mavjud taklif bo‘yicha fikrlar va boshqa muqobillar yo‘llashi mumkin. 

Hozircha 30 ta atamaning o‘zbekcha muqobili taklif etilmoqda. Ular:

“Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va ko‘rib chiqadi. Tilimizga befarq bo‘lmang!” — deyiladi FA e’lonida.

Mazkur havolada har bir atama bo‘yicha izohlar mavjud va har kim o‘z fikri va variantini qoldirsa bo‘ladi.

So‘z va atamalar

Taklif

 

1.

aysberg

muztog‘

2.

bruschatka

yo‘lg‘isht

3.

kamera (fotokamera emas!)

bo‘lma

4.

dostavka

yetkazish

5.

probeg

yurish

6.

set (ovqat uchun)

to‘plam

7.

polik

to‘shama

8.

chellenj

chorlov

9.

navigator

yo‘llagich

10.

selfi

o‘zchekim

 

11.

svetofor

yo‘lchiroq

12.

oprava

ko‘zoynak bandi

13.

kuler

suvlik

14.

keshbek

hadya-qaytim

15.

poverbank

kuchlantirgich

16.

karving

meva bezakchiligi

17.

diskussiya

bahs, munozara

18.

zona

hudud

19.

instrument

ish quroli

20.

intensiv

jadal

 

21.

aksiya

yalpi harakat

22.

konstruksiya

tuzilma

23.

koordinator

muvofiqlashtiruvchi

24.

koridor

yo‘lak

25.

lider

yo‘lboshchi, yetakchi

26.

marshrut

yo‘nalish

27.

progress, progressiv

rivojlanish, ilg‘or

28.

balansirovka

muvozanatlashtirish

29.

vnedorojnik

yo‘ltanlamas


30.

ekspluatatsiya

foydalanish


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish