Baholar shunchaki raqammi?

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni baholash tizimi yillar davomida isloh qilinsa-da, adolatliligi va samarasiga doir savollar hanuz ochiq qolmoqda. O‘quvchi salohiyatini baho bilan o‘lchash kitobni muqovasiga qarab tanlashga o‘xshaydi. Bir qator raqamlar inson qadri, imkoniyati yoki iste’dodini o‘lchay oladimi? Balki biz insonni baholar orasida yo‘qotib qo‘yayotgandirmiz…
Bugungi baholash tizimiga e’tibor qaratsak, u nazariy bilimlarni ustun qo‘yib, amaliyotni “ikkinchi daraja”ga chiqarib qo‘ydi. O‘quvchini “uch”, “to‘rt” va “besh”ga bo‘lish – ularning imkoniyatlarini bir doira ichida qamash bilan barobar. Dasturchi bo‘lishni xohlayotgan o‘quvchining matematika fanidagi “uch” bahosi uni bu orzusidan qanchalik to‘xtata oladi? Axir u hisoblashda kuchli bo‘lmasa-da, dastur tuzishda tengsiz bo‘lishi mumkin-ku.
Tasavvur qilaylik, talaba baholanmasa nima bo‘ladi? U qobiliyatini boshqalar bilan solishtirmaydi. Biror mavzuni o‘rganganida, bu bilim uchun oladigan bahoni emas, bilimning o‘zini qadrlaydi. Boisi, har kimning rivojlanish sur’ati har xil. Kimdir birdan yulduz kabi porlaydi, boshqasi esa asta-sekin. Baholar bo‘lmasa, ehtimol o‘quvchilar boshqa o‘quvchilar bilan emas, o‘z-o‘zlari bilan raqobat qilar edi.
Baho – vaqtinchalik raqam, inson – abadiy qadriyat. Fikrimcha, baholarni butunlay yo‘q qilish kerak emas. Ammo ularni inson qadrini belgilaydigan yagona mezonga aylantirmaslik zarur!
Lazizbek RAHIMOV,
BuxDU talabasi
Shu kecha va kunduzda
🚀“Kichik akademiya” – iqtidorlilar uyushmasi
FVV AKADEMIYASIDA “O‘ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDA “LIDERLAR KITOBI” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
“El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.
Masalliq zo‘r – lekin oshpaz g‘o‘r! yoxud o‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilimlari bu qadar pastligiga sabab nima?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank