Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz(ssuda) olishi mumkin

Hukumat (290-son, 02.05.2025-y.) bilan 2025-yil 15-maydan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.
Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.
Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.
Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
- xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
- ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi, agar mavjud bo‘lsa;
- viza.
Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.
1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish ma’qullangandan so‘ng ariza qabul qilish to‘xtatiladi.
Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.
Ma’lumot uchun: ssuda bu qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.
Shu kecha va kunduzda
Ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida
Mehr, sabr va muhabbat ramzi
Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz(ssuda) olishi mumkin
Xorijlik talabalari nimadan norozi?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank