KIBERXAVFSIZLIK: raqamli dunyoning jang maydoni

Bugunning gapi KIBERXAVFSIZLIK: raqamli dunyoning jang maydoni
194

Bir kuni – 2017-yilning may oyining bir kechasida dunyo bo‘ylab minglab kompyuterlar ishlamay qoldi. Fayllar qulflanib, foydalanuvchilardan “pul to‘lash” talab qilindi. Xo‘sh, nima bo‘ldi? Bir nechta xakerlar “WannaCry” nomli virusni yuborib, butun dunyoni qo‘rqitib qo‘ydi. Virus, ko‘p yirik tashkilotlar va hatto kasalxonalarni “eski dunyoda” qoldirib, barcha tizimlarni ishdan chiqardi. Bularning barchasi qanday sodir bo‘ldi?


Kiberxavfsizlik nima? Bu, oddiy so‘zlar bilan aytganda, raqamli tizimlar, tarmoqlar va ma’lumotlarni turli tahdidlardan himoya qilish san’ati va ilmidir. Odamlar, kompaniyalar va davlatlar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini, biznes ma’lumotlarini va boshqa qimmatli resurslarini himoya qilish uchun kiberxavfsizlik choralarini ko‘rishadi. Ammo “WannaCry” kabi hujumlar kiberxavfsizlikning zaif tomonlarini ko‘rsatdi, chunki ko‘plab tizimlar hali ham xavfsiz emasdi.


Internetdagi har bir xato yoki zaiflik, xakerlar uchun katta imkoniyatga aylanishi mumkin. Endi hayotingizda qaysi onlayn xizmatlardan foydalansangiz ham, xavfsizlikni jiddiy hisobga olishni boshlashingiz kerak. Bank hisoblaringizdan tortib, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlaringizgacha, barchasi kiberxujumlarning potentsial maqsadiga aylanishi mumkin. O‘zbekistonda ham kiberhujumlar so‘nggi yillarda tobora ko‘payib bormoqda va bunday hujumlar har kuni yuz berishi mumkin. Misol uchun, bir qancha yirik kompaniyalar yoki davlat tashkilotlari kiberhujumlarga uchragan va bu xavf atrofida ogohlantirishlar bir necha bor bo‘lgan.




Ammo bu nima demak? Har birimiz kompyuter yoki telefonni ishlatishda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerakmi? Jiddu-jahd va izlanishlar orqali, biz kiberxavfsizlikni qanday yaxshilashimiz mumkinligini o‘rganishimiz shart. Bu faqat texnologiya emas, bu bizning jamiyatimiz, hayotimiz va ma'lumotlarimizni himoya qilish haqida. Aks holda, butun iqtisodiyot, ta'lim tizimi va hatto sog‘liqni saqlash tizimi xavf ostida qolishi mumkin.


Kiberxavfsizlik haqida qanday o‘ylash kerakligini tasavvur qiling: bizni kutayotgan tahdidlarga qanday qarshi turishimiz mumkin? O‘zimizni qanday himoya qilishimiz kerak? Raqamli dunyoda omon qolish uchun bu savollarga javob berish zarur. Yaxshi xabar shundaki, bizda barcha choralarni ko‘rish uchun imkoniyat bor. Faqat bu haqida jiddiy o‘ylash va amalda qo‘llashimiz kerak.

Shohjahon JUMABOYEV,

Fan va texnologiyalar universiteti talabasi

Maqola muallifi

Shohjahon JUMABOYEV

Shohjahon JUMABOYEV

Talaba

Teglar

  • #Zamon va makon

Ulashish