O‘quvchining tishi o‘qituvchilar tomonidan urib sindirilgani rostmi?
Tishi singan o‘quvchi ishiga rasmiy munosabat bildirildi:
Bir necha kun avval Namangan tumanining 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchining tishini urib sindirgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqalgandi. Mazkur holatni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, tuman hokimligi va inson ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 28-yanvar kuni ilm maskanidagi 11-sinf o‘quvchisining maktab hovlisida axloqsizlik hamda nojo‘ya xatti-harakati yuzasidan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi tartibga chaqirganligi, o‘quvchi pedagogga qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganligi va kirish eshigiga yuzi bilan urilganligi aniqlandi.
U oldindan maktab ichki nazoratiga olingan bo‘lib, ko‘p dars qoldiruvchi tarbiyasi og‘ir o‘‘quvchi hisoblangan. 2024-yil 4-mart kuni voyaga yetmagan o‘quvchi maktab hududida mushtlashib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi sababli uning onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 47-moddasi, 1-qismiga asosan BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Yuqoridagi holat bo‘yicha hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu kecha va kunduzda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank