🚀“Kichik akademiya” – iqtidorlilar uyushmasi

Jarayon 🚀“Kichik akademiya” – iqtidorlilar uyushmasi
63

Sergeli tumanidagi 300-maktab qoshida tashkil etilgan “Kichik akademiya”ning 20 yilligi va   2024-2025 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha “Fikrimiz, jasoratimiz, ijodimiz – senga, Vatan!” shiori ostida ilmiy-amaliy hisobot festivali yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda 300 dan ziyod iqtidorli o‘quvchi ilmiy ishlanmalari bilan qatnashdi va bioximiyadan tortib robototexnikagacha bo‘lgan loyihalarni koʻrgazma sifatida namoyish etishdi. 


Oʻquv yili davomida turli yutuq va muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilar, xususan, fan olimpiadalari, turli festivallar, sport musobaqa gʻoliblari taqdirlandi. 



– Bu kabi tadbirlar yosh avlodni ilm-fanga qiziqtirishga xizmat qiladi, – deydi “Kichik akademiya” rahbari Malika Abdullayeva.

Ushbu festivaldan maqsad –iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir.




Nihola ABDUMALIKOVA,

O‘zJOKU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish