MAKTAB DIREKTORINING MUALLIMGA XITOBI

Bir maktab direktori ishga olayotgan har bir o‘qituvchi xodimiga shu xatni jo‘natgan ekan.
“Hurmatli o‘qituvchi! Men konslagerdan omon qolganman. Ko‘zlarim hech bir inson ko‘rmasligi kerak bo‘lgan voqealarning guvohi bo‘ldi:
— olim-muhandislar qanday qilib gaz kameralarini qurayotganini;
— tajribali shifokorlar bolalarni qanday zaharlayotganini;
— malakali hamshiralar chaqaloqlarni qanday o‘ldirishayotganini;
— oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bolalar va ayollarni otib, olov yoqib o‘ldirayotganini...
Shuning uchun, men ta’limga ishonmayman. Sizdan yagona iltimosim: o‘quvchilar, eng avvalo, inson bo‘lib yetishishiga yordam bering. Sizning mehnatlaringiz samarasi hech qachon bilimli yirtqichlar, zehni o‘tkir jallodlar va o‘qimishli Eyxmanlar paydo bo‘lishiga olib kelmasligi kerak. O‘qish, yozish, matematika kabi fanlar farzandlarimiz INSON bo‘lib yetishishiga yordam bersagina muhim ahamiyatga ega bo‘ladi”.
Shu kecha va kunduzda
Inson qadri – eng oliy qadriyat
XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI
XOTIRA – MUQADDAS!
TAVSIYANOMALAR TANTANALI TOPSHIRILDI
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank