Sun’iy intellektdan ko‘p foydalanish tanqidiy fikrlash qobiliyatini pasaytiradi
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt butun dunyo miqyosida shov-shuv ko‘tardi, u bilan birga kirib kelgan mutlaqo yangi yo‘nalishlar ham texnologik yangiliklarning eng cho‘qqisi bo‘ldi. Ushbu texnologiya nafaqat ijobiy fikrlar, balki bahs-munozalar, janjallarga ham sabab bo‘ldi. Ba’zilar sun’iy intellekt insoniyat hayotining yanada yaxshilanishida tub burilish yasaydi desa, ayrimlar uning xavfli oqibatlarini sanaydi. Qolaversa, ushbu texnologiya bilan bog‘liq ayrim loyihalarning muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, soha mutaxassislari uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun tinmay izlanish olib bormoqda.
Sun’iy intellektdan ko‘p foydalanish tanqidiy fikrlash qobiliyatini pasaytiradi
Sun’iy intellekt vositalaridan tez-tez foydalanish tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining pasayishiga olib keladi. Bu haqda “Societies” jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytiladi.
Shveysariyaning biznes maktabi (SBS) mutaxassislari SIning kundalik hayotda keng tarqalishi odamlarning virtual yordamchilarga ortiqcha ishonishlariga olib kelishini tanqid qilgan. Bu keyinchalik kognitiv funksiyalar va tanqidiy fikrlash darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tadqiqot doirasida olimlar so‘rovlar va intervyular yordamida ma’lumot to‘pladilar. Respondentlar uchta yosh guruhiga bo‘lindi: 17–25 yosh, 26–45 yosh, 46 va undan katta yoshlilar. Statistik tahlil, so‘rovda ishtirok etganlar SIdan qancha ko‘p foydalanishsa, ma’lumotni tanqidiy baholashlari shuncha past darajada bo‘lishini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, natijalar yosh respondentlarning (17–25 yosh) SIga juda bog‘lanib qolganini ko‘rsatdi. E’tiborli jihati, oliy yoki to‘liq bo‘lmagan oliy ma’lumotining mavjudligi sun’iy intellektga bog‘liqlikning ayrim kognitiv oqibatlarini qisman yumshatgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, agar jamiyatda insonning fikrlash ko‘nikmalariga ehtiyoj qolmasa, bu ko‘nikmalar asta-sekin yo‘qolishi mumkin, masalan, qo‘lyozma matnlar, kalkulyatorsiz matematika va avtotuzatishlarsiz matn yozish kabi.
Shu kecha va kunduzda
Yangi O‘zbekiston yoshlari yuksak marralar sari: UDEA talabalari e’tirof markazida
UZUNLIK MUALLIM: “BU HALI BOSHLANISHI!”
UNUTILGAN BAYRAM
MENI KIM ESHITADI?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank