O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Oʻqituvchi minbari O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
30

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika tashxis markazi tomonidan “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.


Mazkur nufuzli anjumanda ta’lim sohasi rahbarlari va mutaxassislari, pedagoglar, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Kembrij universiteti professorlari hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etib, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan fikr almashdilar.

Konferensiya davomida umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlashning samarali usullari, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kasbiy yo‘naltirish mexanizmlarini joriy etish masalalari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi diagnostika vositalarini tatbiq etish, o‘quvchilarning kasbiy moyilliklarini aniqlashda innovatsion metodlardan foydalanish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan kasbga yo‘naltirish sohasida olib borilayotgan islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar ilgari surildi. Konferensiya yakunida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash, ularning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlarini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar ishlab chiqildi.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish