Oʻzbekistondagi maktablarda bir nafar oʻqituvchiga necha o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda?

2024-2025-oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalarida bir nafar oʻqituvchiga oʻrtacha 12 nafar oʻquvchi toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Hududlar kesimida
Ushbu koʻrsatkich hududlar kesimida quyidagicha:
• Toshkent shahri – 17 nafar;
• Andijon viloyati – 14 nafar;
• Toshkent viloyati – 14 nafar;
• Namangan viloyati – 13 nafar;
• Samarqand viloyati – 13 nafar;
• Fargʻona viloyati – 12 nafar;
• Sirdaryo viloyati – 12 nafar;
• Surxondaryo viloyati – 11 nafar;
• Jizzax viloyati – 11 nafar;
• Xorazm viloyati – 11 nafar;
• Buxoro viloyati – 11 nafar;
• Qashqadaryo viloyati – 11 nafar;
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 9 nafar;
• Navoiy viloyati – 9 nafar.
Oʻzbekistonda qancha oʻqituvchi faoliyat yuritadi?
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistondagi maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga oshgani xabar berilgan edi.
2024-2025-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar(o‘rindoshlarsiz)ning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019-2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
• 2019/2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
• 2020/2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
• 2021/2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
• 2022/2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
• 2023/2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar;
• 2024/2025-o‘quv yili boshiga 564,9 ming nafar.
Shu kecha va kunduzda
🚀“Kichik akademiya” – iqtidorlilar uyushmasi
FVV AKADEMIYASIDA “O‘ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDA “LIDERLAR KITOBI” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
“El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.
Masalliq zo‘r – lekin oshpaz g‘o‘r! yoxud o‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilimlari bu qadar pastligiga sabab nima?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank