Pedagog: “Men tayyorman!”
Takrorlash, test ishlash, yangi metodikalar o‘rganish… O‘qituvchilar oylab tayyorgarlik ko‘rgan sinovlariga kirib, professional darajasini namoyon etish vaqti yana keldi − yurtimizda malaka test sinovlari qizg‘in davom etmoqda.
Sinov jarayonlari joriy yil 7-aprel kuni boshlandi, 6-mayga qadar davom etadi.
Bugun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida Toshkent shahri va Toshkent viloyati taʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokidagi attestatsiya sinovlarida birgamiz.
Oʻrnatilgan tartibga koʻra, sinovlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mutaxassislik fanidan pedagoglarning bilimi (bilish, qoʻllash, mulohaza qilish koʻnikmalari), ikkinchi bosqichda ularning pedagogik mahoratlari baholanadi:
Birinchi bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi baholanadi. Bunda pedagoglarga mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savoli beriladi.
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi. Bunda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida 10 ta savol-topshiriq beriladi.
Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) oʻtkaziladi. Buning natijasida tashqi aralashuvning oldi olinib, inson omili aralashuviga barham beriladi.
Joriy sinovlarda 40 dan ortiq fanlardan dars beruvchi 214 mingdan ortiq (oʻtgan yilga nisbatan 21,8 foizga koʻp) pedagoglar qatnashishi kutilmoqda.
Koʻzi ojiz pedagoglar uchun maxsus test savollari ishlab chiqilib, sinov oʻtkaziladigan alohida test kunlari belgilandi.
Shu kecha va kunduzda
KURSANTLAR ZAKOVATDA BELLASHDILAR
Namangan shahridagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi yirik xalqaro muvaffaqiyatga erishdi.
Pedagog: “Men tayyorman!”
Oliy attestatsiya komissiyasi I chorak hisobotiga doir Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
KURSANTLAR ZAKOVATDA BELLASHDILAR
Namangan shahridagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi yirik xalqaro muvaffaqiyatga erishdi.
Tomorqadan bozorga: yangi platforma dehqon daromadini oshirishga qaratilgan