Samarqand qog‘ozi — dunyoni lol qoldirgan sir
Eramizning 2-asrida Xitoyda kashf etilgan qog‘oz 8-asr oxiriga kelib Samarqandda ham ishlab chiqarila boshlandi. Ipak, paxta, kanop, qamish, tut po‘sti — hammasi shu yerda bor edi. Natija? — Samarqand qog‘ozi qisqa vaqt ichida dunyoga tanildi!
Ba’zi olimlar aytishicha, bizda qog‘oz ishlab chiqarish arablar kelishidan avval ham bo‘lgan. Hatto Mug‘tepa va Tuproqqal‘adan topilgan hujjatlar bunga dalil.
Ammo yana bir rivoyat bor: 751-yil Talas jangida asir olingan xitoylik ustalar bizga qog‘oz tayyorlash sirini o‘rgatgan…
📚 Samarqand qog‘ozi — bu nafaqat yozuv ashyosi, balki butun bir ilm-fan va madaniyat tarixi uchun burilish nuqtasi edi.
Shu kecha va kunduzda
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
ADOLATNING TANTANASI
ADOLATNING TANTANASI
AKADEMIYA BITIRUVCHILARIGA DIPLOM VA “LEYTENANT” HARBIY UNVONI TANTANALI TOPSHIRILDI
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank