“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati start oldi
Aholi orasida o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, ularning 44 foizi jismonan faol emasligi, 36 foizining noto‘g‘ri ovqatlanishi natijasida 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bog‘liq muammolar bor.
Bugungi kunda boshoqli, donli mahsulot va meva-sabzavotlar istemoli kamayib, tuzli, shakarli mahsulotlarga ehtiyoj ortib boryapti. Buning oldini olish maqsadida, “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlandi.
Unda: Sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘iboti bilan har bir oilani qamrab olinishi, xalqchil va ta’sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab har kuni markaziy telekanallarda namoyish lozimligi takidlangan.
Shuningdek endi har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida bittadan to‘garak bo‘lishi shartliligi belgilandi. Unga Sport vazirligi o‘z tizimidagi barcha sport maktablari trenerlarini umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga biriktiradi. So‘ng maktablar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.
Shu kecha va kunduzda
Yapon olimining Mirzo Boburga maktubi
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt
Maktabda psixologik xizmat: o‘quvchi ruhiy salomatligi doimiy nazorat talab qiladi
Vazir jamg‘armasi: kimlar ustama oladi va qanday hujjat topshiriladi?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank