Yevropa maktablarida o‘quvchilar texnologiyalardan qanchalik foydalanishmoqda?
Hisobot Yevropa maktablaridagi IT resurslari o‘rtasidagi farqlar mavjud. Masalan, maktablarda planshet ishlatish bo‘yicha:
• Avstriya va Germaniyada bolalarning 40 % dan ortig‘i planshetlardan foydalansa;
• Buyuk Britaniyada 38 %;
• Ispaniyada 35 %;
• Italiyada 25 %;
• Fransiyada esa atigi 20 % bolalar bu imkoniyatga ega.
Kompyuterdan foydalanish imkoniyati ham mamlakatlar bo‘yicha sezilarli farq qiladi. Buyuk Britaniya va Ispaniyada maktab o‘quvchilarining 70 foizga yaqini kompyuterlardan foydalana olsa, bu ko‘rsatkich Italiyada 34 %, Fransiyada esa 49 % ni tashkil etadi.
GoStudent hisobotida aytilishicha, bu texnologik tafovut imkoniyati cheklangan bolalarni yanada ortda qoldirishi mumkin.
2023-yilning aprel oyida Yevropa Komissiyasi raqamli ta’limni rivojlantirish va raqamli ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha “kuchli turtki” berish zarurligini ta’kidlagan edi.
O‘qituvchilarning texnologiyalardan foydalanishi
So‘rovnomaga ko‘ra, o‘qituvchilarning yarmi raqamli ilovalardan muntazam foydalanishini bildirgan. Biroq, 10 o‘qituvchidan 9 nafari bu ilovalar samarali ekanini tan olgan bo‘lsa-da, ular hali ham ko‘proq foydalanishmayapti.
Bundan tashqari, Yevropada o‘qituvchilar yetishmovchiligi muammosi ham mavjud. Bu muammo ayniqsa fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) yo‘nalishlarida keskinlashgan.
Shu kecha va kunduzda
SARHISOB
Maktabda fanlarni tanlab o‘qish to‘g‘rimi?
“QOCH, SAMOKAT KELYAPTI…”
O‘quvchining tishi o‘qituvchilar tomonidan urib sindirilgani rostmi?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank